Asosiy qismga oʻtish

1-bob · Tekshiruvdan oʻtuvchilar uchun

Kamera va havola bilan bogʻliq muammolar

Kamera ochilmasa, havola muddati tugasa yoki urinishlar tugab qolsa nima qilish kerak.

1 daqiqada oʻqiladi

Shu sahifada
  1. «Kameraga ruxsat kerak»
  2. «Kamera band»
  3. «Kamera ochilmadi» yoki «Kamera topilmadi»
  4. «Havola muddati tugadi»
  5. «Urinishlar soni tugadi»
  6. «Vaqt tugadi. Qaytadan boshlaymiz.»
  7. «Internet aloqasi uzildi»
  8. «Tekshiruv bekor qilindi»

«Kameraga ruxsat kerak»

Kamerasiz davom etib boʻlmaydi. Brauzerda kameraga ruxsat bering va Qayta urinish tugmasini bosing.

Qurilma Qanday ruxsat beriladi
iPhone (Safari) Manzil satridagi «aA» belgisi → «Veb-sayt sozlamalari» → «Kamera» → «Ruxsat berish». Yordam bermasa: Sozlamalar → Safari → Kamera
Android (Chrome) Manzil satri chetidagi belgi → «Ruxsatlar» → «Kamera» → «Ruxsat berish», keyin sahifani yangilang
Kompyuter Manzil satridagi kamera yoki qulf belgisi → Kamera: «Ruxsat berish», keyin sahifani yangilang

«Kamera band»

Kamerani boshqa ilova yoki oyna ishlatyapti (masalan, video qoʻngʻiroq). Uni yoping va Qayta urinishni bosing.

«Kamera ochilmadi» yoki «Kamera topilmadi»

  • Havolani Safari (iPhone) yoki Chrome (Android) da oching.
  • Havola messenjer ichida ochilgan boʻlsa, u kamerani toʻsishi mumkin. «⋯» menyusidan «Brauzerda ochish»ni tanlang.
  • Qurilmada kamera boʻlmasa, havolani kamerasi bor telefonda oching. Kompyuterda QR kod orqali telefonga oʻtishingiz mumkin.
  • Hujjat bosqichida jonli kamera ishlamasa, Telefon kamerasi bilan suratga olishingiz yoki Fayldan tanlash orqali rasm yuklashingiz mumkin.

«Havola muddati tugadi»

Har bir havola cheklangan vaqt amal qiladi va faqat bir marta ishlatiladi. Sizni yuborgan xizmatdan yangi havola soʻrang.

«Urinishlar soni tugadi»

Bitta havola ichida suratga olish va yuz bosqichi urinishlari soni cheklangan. Ular tugasa, xizmatdan yangi havola soʻrang.

«Vaqt tugadi. Qaytadan boshlaymiz.»

Yuz bosqichi vaqtida bajarilmadi. Bosqich qaytadan boshlanadi — koʻrsatmalarni sekin, lekin oxirigacha bajaring.

«Internet aloqasi uzildi»

Tarmoqni tekshirib, qayta urinib koʻring. Bajarilgan qadamlar saqlanadi.

«Tekshiruv bekor qilindi»

Tekshiruv boshqa qurilmada (masalan, QR kod orqali ochilgan telefonda yoki kompyuterda) bekor qilingan va yuborilgan maʼlumotlar oʻchirilgan. Davom etish uchun Qaytadan boshlashni bosing.

Muammo hal boʻlmasa, «Yordamga murojaat qilish» maqolasiga qarang.

Maqola foydali boʻldimi?

Javob topmadingizmi?

Murojaat yuboring — mutaxassis hisobingizni koʻrib, javob beradi.