Asosiy qismga oʻtish

3-bob · Balans va yechib olish

Kassa balansidan mablagʻni qanday yechib olish mumkin

Yechib olish shartlari, bosqichlari, ariza holatlari va muddatlari.

1 daqiqada oʻqiladi

Shu sahifada
  1. Shartlar
  2. Qanday yechib olinadi
  3. Ariza holatlari
  4. Qancha vaqt oladi
  5. Oylik xizmat yigʻimi

Muvaffaqiyatli live toʻlovlar kassa balansiga tushadi. Balansni kartangiz yoki bank hisobingizga yechib olishingiz mumkin.

Shartlar

  • Shaxsingiz tasdiqlangan boʻlishi kerak.
  • Kassa tasdiqlangan va bloklanmagan boʻlishi kerak.
  • Kassa balansi kamida 100 000 soʻm boʻlishi kerak (shartnomaning 6.1-bandi).
  • Oylik xizmat yigʻimi boʻyicha qarz boʻlmasligi kerak.
  • Mablagʻ faqat oʻz nomingizga ochilgan karta yoki bank hisobiga yuboriladi.

Qanday yechib olinadi

  1. Virtual kassa boʻlimida kerakli kassa qatoridagi Yechish tugmasini bosing.
  2. Sahifada Kassa balansi, xizmat komissiyasi foizi va Qoʻlga tegadi summasi koʻrsatiladi.
  3. Agar rekvizitlar hali kiritilmagan boʻlsa, Toʻlov rekvizitlari formasini toʻldirib, Rekvizitlarni saqlash tugmasini bosing. Rekvizitlar kiritilgach, kassa qayta tekshiruvga yuboriladi; maʼlumotlar hujjatlaringizdagi maʼlumotlarga mos boʻlishi shart.
  4. Yechib olishni tasdiqlash qismida emailingizga yuborilgan 6 xonali kodni kiriting va Tasdiqlash va yechib olish tugmasini bosing. Kod kelmasa — Kodni qayta yuborish.

Tasdiqlangach, kassa balansi toʻliq yechib olishga yuboriladi (komissiya ushlab qolinadi) va ariza Yechib olishlar boʻlimida paydo boʻladi.

Ariza holatlari

Holat Maʼnosi
Qabul qilingan Ariza qabul qilindi.
Jarayonda Toʻlov amalga oshirilmoqda.
Toʻlangan Mablagʻ yuborildi.
Bekor qilingan Ariza bekor qilindi.

Qancha vaqt oladi

Shartnomaga koʻra, yechib olish odatda 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi, ayrim hollarda 15 ish kunigacha choʻzilishi mumkin. Katta summadagi arizalar qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin. Agar bank toʻlovni qaytarsa, rekvizitlarni tekshirib, yangi ariza yuboring.

Oylik xizmat yigʻimi

Yangi ochilgan kassalar uchun oyiga 30 000 soʻm xizmat yigʻimi belgilangan (komissiyadan alohida). Kassa sahifasidagi «Oylik xizmat yigʻimi» oynasida koʻrsatilganidek:

  • yigʻim faqat oylik aylanma 100 000 soʻmdan oshganda olinadi;
  • loyihangiz goxost.net hostingida joylashgan boʻlsa, yigʻim olinmaydi — bu avtomatik tekshiriladi;
  • yigʻim vaqtida balans yetmasa, qolgani qarz sifatida yoziladi va keyingi tushumlardan undiriladi. Qarz yopilmaguncha mablagʻ yechib boʻlmaydi.

Har bir kassaning holati Virtual kassa roʻyxatidagi «Yigʻim» ustunida koʻrinadi.

Maqola foydali boʻldimi?

Javob topmadingizmi?

Murojaat yuboring — mutaxassis hisobingizni koʻrib, javob beradi.