Toʻlov holatlari: pending, succeeded, failed, canceled, expired
Har bir holat nimani bildiradi va buyurtmani qachon tasdiqlash kerak.
Shu sahifada
Toʻlov pending holatida yaratiladi va yakuniy holatlardan biriga faqat bir marta oʻtadi.
Holatlar
| Holat | Maʼnosi | Hodisa (webhook) |
|---|---|---|
pending |
Yaratildi, mijoz hali toʻlamadi. | — |
succeeded |
Toʻlandi. Buyurtmani shu holatda tasdiqlang. | payment.succeeded |
failed |
Toʻlov oʻtmadi; sababi failure maydonida. |
payment.failed |
canceled |
Siz (API orqali) yoki mijoz toʻlov sahifasida bekor qildi. | payment.canceled |
expired |
expires_at vaqtigacha toʻlanmadi. |
payment.expired |
payment.created hodisasi yoʻq — yaratish javobining oʻzi yetarli.
Toʻlov nega pending turibdi
- Mijoz hali toʻlov sahifasida — kartani kiritmagan yoki SMS kodni tasdiqlamagan.
- Live rejimda toʻlov koʻpi bilan 15 daqiqa (
expires_in300–900 soniya) amal qiladi, keyinexpiredboʻladi. - Webhook kelmagan boʻlsa, holatni
GET /api/v3/payments/{id}bilan tekshiring.
Toʻlov nega failed boʻldi
Sabab failure obyektida: {"code", "message"}. Live rejimda kod gateway_<n> yoki payment_failed koʻrinishida boʻladi. Sandboxʼda: insufficient_funds, card_declined, expired_card, otp_attempts_exceeded (SMS kod 3 marta xato kiritilgan).
failed toʻlovni qayta urinib boʻlmaydi — mijoz uchun yangi toʻlov yarating.
Buyurtmani qachon tasdiqlash kerak
Buyurtmani faqat quyidagilarga asoslanib tasdiqlang:
- imzosi tekshirilgan
payment.succeededwebhooki, yoki GET /api/v3/payments/{id}javobidagistatus: "succeeded".
Mijoz brauzerining return_url manziliga qaytishi toʻlov isboti emas: qaytish manziliga qoʻshiladigan payment_id va status parametrlarini istalgan kishi oʻzgartirishi mumkin.
Muvaffaqiyatli toʻlovdan keyin
- Live toʻlov summasi kassa balansiga tushadi.
receipt_urlmaydonida chek sahifasi havolasi paydo boʻladi (faqat live).- API v3 da qaytarish (refund) yoʻq —
succeededyakuniy holat.
Eski API (v1/v2) holatlari
v1/v2 integratsiyasida holatlar avvalgidek qoladi: kutilmoqda, toʻlandi (mablagʻ kassa balansiga tushdi), muddati oʻtdi yoki bekor qilindi. v2 da toʻlanmagan hisob 15 daqiqadan keyin avtomatik bekor qilinadi (mijoz kartani kiritib SMS kodni kutayotgan boʻlsa — yana 15 daqiqa).