Asosiy qismga oʻtish

2-bob · API integratsiya

Toʻlov holatlari: pending, succeeded, failed, canceled, expired

Har bir holat nimani bildiradi va buyurtmani qachon tasdiqlash kerak.

1 daqiqada oʻqiladi

Shu sahifada
  1. Holatlar
  2. Toʻlov nega pending turibdi
  3. Toʻlov nega failed boʻldi
  4. Buyurtmani qachon tasdiqlash kerak
  5. Muvaffaqiyatli toʻlovdan keyin
  6. Eski API (v1/v2) holatlari

Toʻlov pending holatida yaratiladi va yakuniy holatlardan biriga faqat bir marta oʻtadi.

Holatlar

Holat Maʼnosi Hodisa (webhook)
pending Yaratildi, mijoz hali toʻlamadi. —
succeeded Toʻlandi. Buyurtmani shu holatda tasdiqlang. payment.succeeded
failed Toʻlov oʻtmadi; sababi failure maydonida. payment.failed
canceled Siz (API orqali) yoki mijoz toʻlov sahifasida bekor qildi. payment.canceled
expired expires_at vaqtigacha toʻlanmadi. payment.expired

payment.created hodisasi yoʻq — yaratish javobining oʻzi yetarli.

Toʻlov nega pending turibdi

  • Mijoz hali toʻlov sahifasida — kartani kiritmagan yoki SMS kodni tasdiqlamagan.
  • Live rejimda toʻlov koʻpi bilan 15 daqiqa (expires_in 300–900 soniya) amal qiladi, keyin expired boʻladi.
  • Webhook kelmagan boʻlsa, holatni GET /api/v3/payments/{id} bilan tekshiring.

Toʻlov nega failed boʻldi

Sabab failure obyektida: {"code", "message"}. Live rejimda kod gateway_<n> yoki payment_failed koʻrinishida boʻladi. Sandboxʼda: insufficient_funds, card_declined, expired_card, otp_attempts_exceeded (SMS kod 3 marta xato kiritilgan).

failed toʻlovni qayta urinib boʻlmaydi — mijoz uchun yangi toʻlov yarating.

Buyurtmani qachon tasdiqlash kerak

Buyurtmani faqat quyidagilarga asoslanib tasdiqlang:

  • imzosi tekshirilgan payment.succeeded webhooki, yoki
  • GET /api/v3/payments/{id} javobidagi status: "succeeded".

Mijoz brauzerining return_url manziliga qaytishi toʻlov isboti emas: qaytish manziliga qoʻshiladigan payment_id va status parametrlarini istalgan kishi oʻzgartirishi mumkin.

Muvaffaqiyatli toʻlovdan keyin

  • Live toʻlov summasi kassa balansiga tushadi.
  • receipt_url maydonida chek sahifasi havolasi paydo boʻladi (faqat live).
  • API v3 da qaytarish (refund) yoʻq — succeeded yakuniy holat.

Eski API (v1/v2) holatlari

v1/v2 integratsiyasida holatlar avvalgidek qoladi: kutilmoqda, toʻlandi (mablagʻ kassa balansiga tushdi), muddati oʻtdi yoki bekor qilindi. v2 da toʻlanmagan hisob 15 daqiqadan keyin avtomatik bekor qilinadi (mijoz kartani kiritib SMS kodni kutayotgan boʻlsa — yana 15 daqiqa).

Maqola foydali boʻldimi?

Javob topmadingizmi?

Murojaat yuboring — mutaxassis hisobingizni koʻrib, javob beradi.